So'nggi yangiliklar

2021- yilning 2- iyul kuni, Navoiy viloyati Konimex tumanidagi Aholi bandligiga ko’maklashish markazi ishchi xodimlari uchun tuman statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan “Aholini ro'yxatga olish” mavzusida seminar o’tkazildi.

Joriy yilning 29 iyun kuni Uchquduq tuman statistika bo’lim yetakchi mutaxassisi M. Baxromov tamonidan faoliyat yuritib kelayotgan korxona va tashkilot hisobchilariga  eStat4.0 onlayn tizimidan foydalangan holda 4-Mehnat choraklik davlat statistika hisobotini taqdim etish hamda “Statistika tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish” bo'yicha tushuntirishlar berib o'tdi.

Joriy yilning 5- aprelidan buyon viloyatimizda multiindikator klaster (MICS) kuzatuvlari davom etmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-may oylarida xorijdan qiymati 150,9 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 7,7 mingta yengil avtomobillar import qilgan.

2021- yilning o‘tgan davrida chakana savdo xizmatlari ulushi, umumiy savdo xizmatlari hajmining to‘rtdan uch qismidan ko’prog’ni, aniqrog‘i 81,4 % ini tashkil etdi.

2021- yil yanvar-may oylarida, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 30,7 % ni tashkil etib, bu esa 806,3 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

30 iyun yoshlar kuni viloyatimizda Yoshlarning eng sevimli, ularni birlashtiradigan bayramga aylanib bormoqda. Ushbu kun munosabati bilan viloyat statistika boshqarmasi boshlig’i birinchi o’rinbosari A. Tashnazarov boshqarmada ishlayotgan yosh xodimlarga  o’zlarining samimiy tilaklarini bildirib, ularga farovon hayot, omad, mustahkam sogʼlik tilab, doim kuchli, bilimli va  aqlli boʼlishligini takidlab o’tdi.

2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholining yashash sharoitlari to‘g‘risida ma'lumotlar yig‘ishdir.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2021- yil yanvar-may oylarida ularning ulushi 30,7 % ni tashkil etdi.

 Navoiy viloyatida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan xizmatlarning asosiy ko‘rsatkichlari.

Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati, xususan tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi aholining turmush darajasiga bevosita oʻz ta’sirini oʻtkazadi. 2021- yil yanvar-may oylari yakuni bilan viloyatning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 455,8 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 108,2 % ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan davlat statistika hisobotlarini topshirishda qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida veb-platforma shaklida “Estat 4.0” axborot tizimi joriy etildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021- yil yanvar-may oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 2 626,3 mlrd. so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 554,3 mlrd. so‘mga oshdi. Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 116,5 % ni tashkil etdi.

Hozirgi kunda xizmatlar sohasi xizmatlarning tabiati, ularning maqsadi, faoliyat turlari va xizmat ko‘rsatish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari tufayli turli xil funksiyalarga, manbalarga, ulanishlarga ega bo‘lgan murakkab, o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy tizimdir.

2021- yilning 5- aprelidan boshlab Respublikamiz hududlari boʻyicha Multiindikator klaster, MICS kuzatuvlari o‘z ishini boshladi. Jumladan, Navoiy viloyatida ham viloyat statistitka boshqarmasi mas’ul xodimlari kuzatuvlarda faol qatnashishmoqdalar.

 Navioy viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2021- yilning 1- iyun holatiga ko'ra viloyatimizda qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 1609 tani tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 100 taga oshdi.

 Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2021- yilning yanvar-may oylarida viloyat bo'yicha 1807.6 mldr. so'mlik qurilish ishlari bajarilgan. O'tgan yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 103,9 % ga teng.

Joriy yilning 28-iyun kuni viloyat statistika boshqarmasi xodimlari boshqarma bosh yuriskonsulti А.Murodov  hamda demografiya va mehnat statistikasi boʼlimi boshligʼi oʼrinbosari I.Аlimov Zarafshon shahri va Tomdi tumanida  faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning hisobchilari ishtirokida seminar o‘tkazildi.