2022- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, Navoiy viloyatida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 508,7 ming taga yetdi. 2021- yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramollar bosh soni 17,9 ming taga (3,6%) ko‘paydi.
Jami yirik shoxli qoramollarning bosh sonini xo‘jalik toifalari boʻyicha taqsimlanishi:
Fermer xo‘jaliklari – 8,1 %;
Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari – 89,9 %;
Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar – 2,0 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati