16/05/2022

2022- yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga 12 ta davlatdan qiymati 5,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 3,4 ming tonna makaron mahsulotlari import qilingan.

Makaron mahsulotlari importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 758 tonnaga oshgan.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston eng koʻp makaron mahsulotlarini import qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 2 ming tonna

Rossiya – 1,1 ming tonna

Qirgʻiz R. – 206 tonna

Koreya – 66 tonna

Italiya – 14 tonna

Xitoy – 11 tonna

Ispaniya – 1,1 tonna

Turkiya – 1 tonna

stat.uz

Tugmani bosing Tinglash GSpeech