So'nggi yangiliklar

2022- yilning dekabr oyida respublika bo‘yicha 28 395 ta nikoh holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida respublikamizdan hajmi jami 2,9 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan toʻqimachilik mahsulotlari eksport qilingan.

2022- yil yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tarkibida eng yuqori o‘sish sur’ati korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan investitsiyalarda kuzatilib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 2,4 martani tashkil etdi.

2022-yil davomida respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni:

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatining aholi jon boshiga qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi joriy narxlarda 10 784,5 ming soʻmni, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati -102,5 % ni tashkil etdi.

2021/2022- o‘quv yilida mamlakatimizda qozoq tilida ta’lim olib borilayotgan umumta’lim muassasalar soni 144 tani tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2018/2019- o‘quv yiliga nisbatan 9 taga kamaygan.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi eng ko‘p ulushi Zarafshon shahrida hududdagi jami qurilish ishlari hajmining  37,3 % i, mos ravishda Qiziltepa tumani 25,7 % i va Navoiy shahri 24,7 % iga to‘g‘ri keldi.

Joriy yilning 9- yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi mutaxassislari tomonidan gender statistikasi veb-sayti va boshqa axborot manbalari boʻyicha taqdimot qilindi.

2022-yilning dekabr oyida noutbuk narxlari noyabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 0,4 % ga qimmatlashgan.

2022-yilning 11 oyida 138,9 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻqish maqsadida xorijga chiqqan.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yil yanvar-noyabr oylari yakuni bilan Qiziltepa tumaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 65 110,2 ming AQSH dollarini tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 519,4 ming tonna sulfat kislota ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 101,2 ni tashkil etdi.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida ko‘rsatilgan Savdo xizmatlarining hududlar boʻyicha qaralganda eng katta hajm Navoiy shahrida 691,4 mlrd. so‘m qayd etilgan.

2022-yilning dekabr oyida 20 yoshgacha farzandli boʻlgan erkaklar soni 110 nafarni tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari faoliyati bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining nisbatan past o‘sish sur’ati Navoiy viloyati 2021- yilning mos davriga nisbatan 56,7 %, mos ravishda Xorazm viloyati 64,3 %, Samarqand viloyati 72,3 % ga to‘g‘ri keldi.

2022-yilning 1-yanvar holatiga ayollar rahbarligidagi 2 730 ta kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan asosiy kapitalga qariyb 3 trln. soʻmlik investitsiyalar kiritilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Jamoatchilik kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining milliy OAVlardagi mediafaolligi boʻyicha reytingi tuzildi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida,  Navoiy viloyati bo’yicha fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 16,3 % ni tashkil etdi.