Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq 2022- yilda uy-joylar roʻyxatini tuzish ishlarini amalga oshirildi.
Aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbasi hisoblanadi.
Ta’kidlash lozimki, aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O’zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma’lumot olishga yordam beradi. Shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.
Ushbu jarayonga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Navoiy viloyati statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan hududlarda xonadonma-xonadon yurgan holda mahalla xaritalarini joyidagi haqiqiy holatga mosligini, uylarning raqamlanish holati o‘rganilmoqda.
Mazkur jarayonlardan fotolavhalar: