So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 15- avgust kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi bosh yurist konsulti A. Murodov tomonidan Xatirchi tumani statistika bo’limi va aholini ro’yxatga olish bo’lim ishchi xodimlari ishtirokida “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonun mazmun-mohiyati va Qonunga muvofiq davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olishda, Davlat fuqarolik xizmatchisi korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishi va korrupsion harakatlar (harakatsizlik)ning oldini olishi shart ekanligi, agarda u korrupsiya toʻgʻrisidagi axborotga ega boʻlsa, uning oldini olish uchun barcha zarur choralarni koʻrishi kerakligi takidlab o’tildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2021-yil yakunlariga koʻra jami 147,4 ming tonna sharbat ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha soʻnggi 5 yil davomida eng yuqori koʻrsatkich 2018-yilda 165,4 ming tonna qayd etilgan.

Bugun, Navoiy shahar 19- son umumiy o’rta ta’lim maktabi faollar zalida, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyati filiali, Adliya boshqarmasi hamda Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan viloyatimizdagi tashkilot, idoralar va statistika boshqarmasi xodimlariga “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonun mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan seminar oʻtkazildi.

Joriy yilning 15-avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunining mazmun-mohiyatiga bag’ishlangan seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 15- avgust kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida, Davlat statistika qo’mitasi Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi sho‘ba mudiri                  D. Xodjayev tomonidan barcha tuman shahar statistika bo’lim xodimlari, fuqarolar yig‘inlarining hisoboti uchun mas’ullar ishtirokida onlayn tarzda seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 15- avgust kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o’rinbosari J. Umarov, “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘i J. Soyibov va Navoiy shahar statistika bo’limi registratori I. Ravshanov bilan birgalikda belgilangan reja grafik asosida «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi boʻyicha tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni oʻrgandi.

Joriy yilning 15- avgust kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A. Tashnazarov hamda Xatirchi tuman statistika bo’limi registratori Sh. Primov bilan birgalikda belgilangan reja grafik asosida «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining  nooziq-ovqat guruhi boʻyicha tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni oʻrgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish va natijalarini e’lon qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020- yil 11- noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, joriy yilning avgust oyida uy-joylar ro‘yxatini tuzish ishlarini amalga oshirish vazifasi belgilangan.

2020- yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yil yanvar-iyun holatiga viloyatimizda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 2 740,6 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻyicha tashilgan (avtomobil va temir yoʻl transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 3 476,6 ming tonnani tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatida 78,4 ming  tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 101,6 % ni tashkil qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- avgust holatiga respublikamizda jami 45 612 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 506 taga ko‘paygan. Bundan tashqari, shu  yilning yanvar- iyul oylarida 2 951 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etildi.

Navoiy viloyati hokimligida oʻtkazilgan brifingda Navoiy viloyati Statistika boshqarmasi boshligʻi Asqar Tashnazarov viloyatning 2022- yil yanvar – iyun oylarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari boʻyicha maʼlumot berdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2021-yil yakunlariga koʻra jami 21,3 mln. dona avtomobillar uchun oʻrindiqlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha soʻnggi 5 yil davomida eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida respublikada 41 630 tonna baliq ovlangan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 111,9 % ni tashkil qildi.

 Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyun holatiga viloyatimizda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 183,9 mln dona tuxum yetishtirilgan.

Oxirgi uch yil davomida mobil aloqa abonentlari (jismoniy shaxslar) sonining oʻsish tendensiyasi kuzatilmoqda.