01/02/2023

🏢Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimizda yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining umumiy hajmi 5 419,5 mlrd. soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 103,2 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 35,5 % ni tashkil qildi.

Mazkur davrda barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 250,9 ming tonna – don va dukkakli don ekinlari, 320,3 ming tonna –sabzavot, 85,6 ming tonna –kartoshka, 100,5 ming tonna – poliz, 108,6 ming tonna – meva va rezavorlar hamda 90,1 ming tonna – uzum yetishtirildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech