Joriy yilning 30- yanvar kuni Viloyat statistika boshqarmasining majlislar zalida 2022- yil yakunlari bo‘yicha boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yig`ilishi o‘tkazildi.
Unda Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi rаisining o`rinbosari Zoxidjan Ziyayev, Markaziy apparat boshqarma boshlig'i, Viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarmaning tarmoq bo’limlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika bo’lim xodimlari qatnashdi.
Yig’ilishni Viloyat statistika boshqarmasi boshlig’i Tashnazarov Asqar Abdumuratovich ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida Davlat statistika idoralari oldiga qo‘yilgan vazifalar va tizimda 2022- yilning amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek yig’lish davomida boshqarma va hududiy statistika boʻlimi rahbarlaridan bugungi yigʻilishda koʻrib chiqilgan masalalar, 2022- yil IV- choragi davomida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklardan oʻzlariga tegishli xulosa chiqarib olishlarini hamda kelgusida bu kabi kamchiliklarning oldini olish boʻyicha aniq chora tadbirlar koʻrishlarini, Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan vazifalar bo’yicha ijro holati, hisobotalar qamrovi ham kuzatuvlarni aniq va sifatli bajarilishini taʼminlash boʻyicha ko‘rsatmalar berildi.