So'nggi yangiliklar

2022- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda jami 52417 ta sport inshootlari mavjud boʻlib, shundan 920 tasini tennis kortlari tashkil etadi.

Navoiy viloyatida 2022- yilning 1- noyabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 24 775 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 22 452 tani tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida хorijiy investitsiya va kreditlar tarkibida xorijiy investitsiyalar 28,6 trln. so‘mni yoki jamiga nisbatan 39,8 % ni va mos ravishda xorijiy kreditlar 43,4 trln. so‘mni yoki 60,2 % ni tashkil qildi.

Joriy yilning 18- noyabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o’rinbosari Jaxongir Umarov hamda Navoiy shahar statistika bo’limi registratori Ikrom Ravshanov bilan birgalikda belgilangan reja grafik asosida «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining  oziq-ovqat guruhi boʻyicha tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni oʻrgandi.

Mamlakatimizda 2022- yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar, jami faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlardaning 2,0 foiz ulushini (581 046 ta) tashkil etib, ularning yillar kesimidagi o‘sish sur’ati quyidagicha aks etdi:

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatida chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish tashkilotlarining savdo aylanmasi 2,8 % ni tashkil etib, 227,5 mlrd. so‘mga yetdi.

2022- yilning 1- oktabr holatiga 3,2 mln. nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qarindoshlarni yо‘qlash maqsadida xorijga safar qilgan.

Navoiy viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik biznes subyektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 162,6 million AQSH dollarini yoki umumiy importning 39,5 % ini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida pochta va kuryerlik xizmatlarining yuqori o‘sishi Qashqadaryo (69,7 %), Namangan (48,2 %), Surxondaryo (42,8 %), Farg‘ona (36,7 %) viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (42,6 %) qayd etildi. Ushbu xizmatlar hajmining nisbatan biroz o'sishi Xorazm viloyatida kuzatildi – 5,0 %. 

Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir. Bu yil mustaqil O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligiga 31 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Ma'naviy-ma'rifiy ishlar” bo'yicha mas'ul xodim  Muxayyo  Yusupova tomonidan seminar tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yil 15- noyabr holatiga doimiy aholi soni 35,9 mln. kishini tashkil etgan.

Navoiy viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 4 224,9 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida respublikaning mehnat koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:

1- nh shakli (Hisoblangan ish haqi miqdori boʻyicha xodimlar sonining taqsimlanishi toʻgʻrisida 2022- yil noyabr oyi hisoboti).

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida yangi qurilishga yo‘naltirilgan investitsiyalarning ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich, quvvati 1 500 MVt bo‘lgan yangi elektr stansiyasi hamda quvvati 220 МVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish loyihalari bo‘yicha o‘zlashtirilgan investitsiyalar natijasida Sirdaryo  viloyatida kuzatilib, u 76,4 % ni tashkil etdi.

 Bugun, Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o’rinbosari Jaxongir Umarov Xatirchi tumaniga borib, Davlat statistika qo‘mitasining 2022- yil 30- iyundagi 21- sonli qаrоri  bilan tasdiqlangan  “Yakka tartibdagi uy-joy va hovli hududi xo‘jalik qurilishlariga aholi xarajatlarini baholash bo‘yicha uslubiy nizomi” ga asosan o’tkazilayotgan 1-TJ so‘rovnoma kuzatuvida qatnashdi hamda intervyuyerga kuzatuv bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida yangi qurilishga yo‘naltirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 102253,9 mlrd. so‘mga yetdi hamda jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 53,8 % ini tashkil etdi.

Navoiy viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 214,6 mlrd. so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,2 % ini tashkil etdi.