✅Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 320,3 ming tonna sabzavotlar yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 105,2 % ni tashkil etdi.
📈Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilinganda, yetishtirilgan sabzavotlar umumiy hajmining 76,0 % i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklariga, 20,5 % i fermer xoʻjaliklariga, 3,5 % i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.