✅Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 108,6 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 102,5 % ni tashkil etdi.
📈Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilinganda, yetishtirilgan meva va rezavorlar umumiy hajmining 61,4 % i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklariga, 34,5 % i fermer xoʻjaliklariga, 4,1 % i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.