🏢 Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2023- yilning 1 yanvar holatiga viloyatimizda faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 22 844 tani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 2 372 taga ko‘paygan yoki 11,6 % ga oshgan.
📈 Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 21,6 birlikni tashkil qildi.
✅ Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko’p kichik korxona va mikrofirmalar soni:
🛒 savdo - 8 668 ta
🏭 sanoat - 3 957 ta
🚜 qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi - 3 060 ta
🏗 qurilish - 1 761 ta
🏨 yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar - 1 535 ta
🚕 tashish va saqlash - 807 ta