So'nggi yangiliklar

2022-yilning 11 oyida 138,9 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻqish maqsadida xorijga chiqqan.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yil yanvar-noyabr oylari yakuni bilan Qiziltepa tumaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 65 110,2 ming AQSH dollarini tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 519,4 ming tonna sulfat kislota ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 101,2 ni tashkil etdi.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida ko‘rsatilgan Savdo xizmatlarining hududlar boʻyicha qaralganda eng katta hajm Navoiy shahrida 691,4 mlrd. so‘m qayd etilgan.

2022-yilning dekabr oyida 20 yoshgacha farzandli boʻlgan erkaklar soni 110 nafarni tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari faoliyati bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining nisbatan past o‘sish sur’ati Navoiy viloyati 2021- yilning mos davriga nisbatan 56,7 %, mos ravishda Xorazm viloyati 64,3 %, Samarqand viloyati 72,3 % ga to‘g‘ri keldi.

2022-yilning 1-yanvar holatiga ayollar rahbarligidagi 2 730 ta kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan asosiy kapitalga qariyb 3 trln. soʻmlik investitsiyalar kiritilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Jamoatchilik kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining milliy OAVlardagi mediafaolligi boʻyicha reytingi tuzildi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida,  Navoiy viloyati bo’yicha fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 16,3 % ni tashkil etdi.

2022-yilning dekabr oyida respublika boʻyicha 3992 ta nikohdan ajralish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasining maʻlumotiga koʻra, 2022- yil yanvar- noyabr oylarida Tomdi tumani boʻyicha koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 108,6 mlrd. soʻmni tashkil etdi. 

“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 373-son qaroriga muvofiq, davlat organlarida raqamli rivojlanish darajasini 2022-yil III chorak yakunlari bo‘yicha reyting baholash amalga oshirildi.

2022- yilning yanvar-sentabr yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 34 241,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan Statistika integrallashgan axborot tizimi (SIAT) yaratildi hamda uning negizida siat.stat.uz  Oʻzbekiston Respublikasi statistika portali ishga tushirildi.

2022-yilning dekabr oyida sartaroshxona xizmatlari narxlari noyabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 1,2 % ga oshgan.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko’ra, 2022- yil yanvar- noyabr oylarida G‘ozg‘on shahri bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 22,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida sug‘urta xizmatlari hajmi 5 416,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2021- yil yanvar-noyabrga nisbatan o‘sish sur’ati 174,1 % darajasida qayd etildi.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yil yanvar-noyabr oylari yakuni bilan Uchquduq tumaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 14 977,4 ming AQSH dollarini tashkil etdi.