So'nggi yangiliklar
Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, 2022- yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyati eksportida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar:
Kichik korxona va mikrofirmalarning 2022- yilning I choragida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, yaqin 3 oydagi raqobat muhiti o‘zgarishsiz deb baholagan korxonalarning eng ko‘p ulushi axborot va aloqa – 59,4% ni, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 56,5% ni, sanoatda – 56,3% ni, tashish va saqlash – 55,4% ni, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 53,1% ni tashkil etdi.
22/07/2022 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 21-iyul kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Ochiqlikni ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining birinchi majlisi oʻtkazildi.
2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumfoydalanadigan avtomobil yoʻllarining uzunligi 42 869 kilometrni, shu jumladan qattiq qoplamali yoʻllar 42 299 kilometr (jamiga nisbatan 98,7 %) tashkil etmoqda.
Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- iyul holatiga viloyatda jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 21 727 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 21629 tani tashkil etgan.
2022- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra respublikamizda jami 361 896 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 342 348 tasi faoliyat yuritmoqda.
22/07/2022 • So'nggi yangiliklar
Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yil 1- iyul holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 23 929 tani tashkil etib o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 373 taga oshib, o‘sish sur’ati 111,0 foizni tashkil etdi.
22/07/2022 • So'nggi yangiliklar
2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida jami hududlar kesimida temir yoʻllarning foydalaniladigan uzunligi 6 118,3 kilometrni tashkil etib, shulardan umumfoydalanadigan temir yoʻllarning uzunligi 4 732,8 kilometrni tashkil etmoqda (umumfoydalanadigan temir yoʻllarning ulushi 77,4 %ga teng).
21/07/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning 1- yanvar holatiga koʻra, aholining mobil aloqa bilan taʼminlanganligi har 100 kishi hisobiga oʻrtacha 73 birlikdan iborat boʻlib, 5 yil odin ushbu koʻrsatkich 68 birlikni tashkil etgan.
Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotiga koʼra, 2022- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda jami 2 679,9 mlrd. so'mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 108,1 % ni tashkil etdi.
2022- yilning 1- iyul holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 561 386 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 108,9 foizga oshgan va shu jumladan 88,6 foizini (497 293 tani) tadbirkorlik subyektlari tashkil etgan.
21/07/2022 • So'nggi yangiliklar
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvariyun oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 854,4 mlrd. so‘mga oshib, 4 255,7 mlrd. so‘mga yetdi.
21/07/2022 • So'nggi yangiliklar
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyunida Navoiy viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 32 149,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyuni bilan taqqoslaganda 6,4 % ga o‘sdi.
21/07/2022 • So'nggi yangiliklar
Navoiy viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A.Murodov tomonidan 2022- yil 19- iyul kuni Navoiy shahar Tarobiy MFYda yashovchi fuqarolar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasining 2022- yil 29- iyundagi "Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-tamoillari toʻgʻrisida"gi OʻRQ-781-sonli qonun mazmun-mohiyati toʻgʻrisida targ'ibot o'tkazildi.
2022- yilning 1-iyul xolatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 94 272 tani tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 105,0 foizga oshgan.
Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2022- yilning yanvar-iyun oyida viloyatimizda 8 558,2 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 106,8 % ni tashkil etdi.
2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 34,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 125 ta elektromobil import qilgan.
19/07/2022 • So'nggi yangiliklar
Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2022- yilning 1- iyul holatiga viloyatimiz bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar 4 317 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 261 taga yoki 6,4 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.
305-sahifa 377 dan