14/04/2023

🏢 Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2023- yilning 1-aprel holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 22 592 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 5 170 tani tashkil qildi (ulushi 22,9 %).

Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

🔸Xatirchi tumani – 1 046 ta

🔸Zarafshon shahri – 840 ta

🔸Navoiy shahri – 713 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

🛒savdo sohasida – 2 360 ta

🏭sanoat sohasida – 902 ta

🏨yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 418 ta

🚜qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 384 ta

🏗qurilish sohasida – 263 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech