🏢 Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2023- yilning 1- aprel holatiga Navoiy viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 356 tani tashkil etib, 2023- yilning yanvar-mart oyida bu sohada 17 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.
Ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar quyidagilardir:
⚡️Zarafshon shahrida – 5 ta
⚡️Navoiy shahrida – 4 ta
⚡️Qiziltepa tumanida – 2 ta
⚡️Xatirchi tumanida – 2 ta