So'nggi yangiliklar

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida O`zbekiston Respublikasi bo‘yicha qishloq xo'jaligini rivojlantirishga yo'naltirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 15,5 trln. so'mni tashkil etib, respublikaning barcha iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha o'zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar umumiy hajmining 8,2% i miqdorida qayd etildi.

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 368,7 ming tonna sut sogʻib olingan. 

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning 1- yanvar holatiga ambulatoriya-poliklinika muassasalari soni jami 6676 tani tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda (2017-yil 5296 ta) 1380 taga ko‘payganini kuzatish mumkin.

2022- yilning 1- yanvar holatiga jami 52 417 ta sport inshootlari tashkil etilgan.

2022- yilning yanvar-sentyabr oylarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarining umumiy hajmi 7 129,6 mlrd. soʻmni yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 103,1 % ni tashkil etdi.

2021- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan tashish va saqlash sohasida olingan sof foyda (zarar (-)) 589,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu esa 2020- yilning mos davriga nisbatan 238,0 mlrd.so‘mga ko‘p demakdir.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida qayta ishlash sanoati yetakchilik qilmoqda.

2021/2022 o‘quv yili boshida mamlakatimizda kollejlarda jami 3,9 ming nafar o‘qituvchilar faoliyat yuritgan, shundan 2,7 (jamiga nisbatan 69,2%) ming nafari ayol o‘qituvchilar, 1,2 (jamiga nisbatan 30,8%) ming nafarini esa erkak o‘qituvchilar tashkil etgan.

Navoiy viloyatida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida bino va inshootlarni qurish faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlari hajmining yuqori ko‘rsatkichlari Navoiy  shahri, Qiziltepa tumani va Zarafshon shahrida kuzatildi. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 798,7 ming tonna chaqiq tosh ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 142,1 % ni tashkil etdi.

022- yilning yanvar-sentabr  oylarida, respublikamizda savdo sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 26 270 tani tashkil etdi.

Navoiy viloyatida 2022- yilning yanvar- sentabr oylarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 10 781,0 mlrd. so‘mni yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 104,5 % ni tashkil etdi.

2021- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan  axborot va aloqa sohasida olingan sof foyda (zarar (-)) 904,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu esa 2020- yilning mos davriga nisbatan 299,8 mlrd.so‘mga ko‘p demakdir.

Navoiy viloyatida oliy ta’lim tizimida 2 ta oliy ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, 2021/2022- o‘quv yili boshiga oliy ta’lim tashkilotlarida 21710 ta talaba tahsil olayotgan bo‘lib, ulardan bakalavr bosqichida 21244 nafar talaba, magistratura bosqichida 466 nafar talaba tahsil olmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 63,9 ming tonna shagʻal ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 129,2 % ni tashkil etdi.

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning 1- oktabr holatiga viloyatimizda jami faoliyat koʻrsatayotgan sanoat korxonalari soni 3 942 tani tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 26,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan gilam eksport qilgan.

Joriy yilning 2- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida 2022- yil III chorak yakunlari bo‘yicha qo‘mitaning kengaytirilgan Hay’at yig`ilishi o‘tkazildi.