So'nggi yangiliklar

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-may holatiga Navoiy viloyatida jami 3 690 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Joriy yilning 15-19-may kunlari Moskva shahridagi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetida MDH Statistika qoʻmitasi tomonidan ilk bor “I Xalqaro talabalar statistika festivali” doirasida statistika boʻyicha xalqaro talabalar olimpiadasi tashkil etildi. Unda Oʻzbekistondan ham ikkita jamoa ishtirok etdi.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2023- yilning 1- may holatiga Navoiy viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 359 tani tashkil etdi.

2023-yil 1-yanvar holatiga  O‘zbekiston Respublikasida muzeylarida tashkil etilgan ko‘rgazmalar 1301 tashkil etib, ulardan 444 tasi muzeydan tashqarida namoyish etilgan.

2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bogʻliq boshqa xizmatlar hajmi 107 473,9 mln. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 110,5 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 18- may kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i  A. Tashnazarov hamda Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo’limi intervyuyeri M. Shermatov  bilan birgalikda Qiziltepa tumani “Vorozun ”MFYga borib, hozirda uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo’yicha atroflicha ma’lumot berib o’tdi.

2023-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida muzeylarga tashriflar 6500,9 ming kishini tashkil etib, ulardan o‘quvchi va talabalar – 51,9 % tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-mart oylari yakuniga koʻra, kompyuter va periferik uskunalarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi 200,5 mlrd. soʻmni tashkil etib, umumiy kompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmidagi ulushi 13,0 % ni tashkil etdi.

2023-yil 1-yanvar holatiga  O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatgan muzeylar soni 134 tani tashkil etgan (filliallarni qo‘shgan holda).

2023-yilning yanvar-aprel oylarida respublikamizda savdo sohasida 11 361 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-may holatiga Navoiy viloyatida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 218 tani, shundan qo‘shma korxonalar 116 ta va xorijiy korxonalar 102 tani tashkil etgan.

Joriy yilning 1-may holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlarning soni  40 594 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlarning 6,2 foizini  tashkil etdi. 

2023-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha moliyaviy xizmatlar sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmining oʻsish surʼati 116,9 % ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-aprel holatiga Navoiy viloyati boʻyicha jami doimiy aholi soni 1060,6 ming kishini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga koʻpaydi.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-aprel oylarida yangi tashkil etilgan qurilish sohasidagi korxonalar soni 1 666 ta bo‘lib, so‘nggi besh yilning mos davrlarida ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalar soni quyidagicha:

2023- yilning yanvar-mart oylarida hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlar tomoinidan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi, (mlrd. so‘m).

O‘zbekiston Respublikasida 2023- yil yanvar-mart oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 43,5 % ni tashkil etdi,  jumladan: