05/07/2023

Joriy yilning 4- iyul kuni Statistika agentligining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Jamg‘arma va yordamchi hisoblar bo‘limi boshlig‘i Zafar Xamrayev hamda Narxlar statistikasi boshqarmasining Xalqaro taqqoslash dasturi bo‘yicha narx kuzatuvlari statistikasi bo‘limi boshlig‘i Bunyod Nishonboyevning 2023- yilning 27–28- iyun kunlari Ostona shahrida Jahon banki ko‘magida MDH davlatlararo statistika qo‘mitasi tomonidan XTD-2021 global dasturi doirasida MDH mintaqasida 2021- yil ma’lumotlari asosida YAIM xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muvozanatlash masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishdagi ishtiroki natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

1-photo_3

Taqdimot davomida Z. Xamrayev XTD-2021 global dasturi doirasida MDH mintaqasida 2021- yil ma’lumotlari asosida YAIM xarajatlarini taqsimlash bo‘yicha olingan barcha bilimlar hamda MDH davlatlari milliy statistika xizmatlarining bu boradagi tajribalari bilan Statistika agentligi xodimlarini atroflicha tanishtirdi. Shuningdek, mazkur masalalar yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.

2-photo_2

3-photo_7

Shundan so‘ng, B. Nishonboyev XTD-2021 global dasturi doirasida narxlar statistikasi ma’lumotlarini shakllantirish masalalari bo‘yicha o‘zlashtirilgan tajriba va bu borada olib borilgan muhokamalar natijalari bilan tanishtirdi. Taqdimot qatnashchilari ushbu masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

5-photo_4

4-photo_8

Taqdimot oxirida, Z. Xamrayev taqdimot qatnashchilarini Ostona shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishning yakuniy xulosalari va qarori bilan tanishtirdi.

6-photo_1

Tugmani bosing Tinglash GSpeech