So'nggi yangiliklar

2023 yilning 1-yanvar holatiga Navoiy viloyatidagi maktablar soni 374 tani tashkil etgan.

2022- yil yanvar-dekabrda  kichik tadbirkorlikda  tovar va xizmatlar  import hajmi 15 154,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra,  2023-yilning 1-fevral holatiga ko‘ra Navoiy viloyatida jami 12 366 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyat yuritmoqda.

2022- yil yakunlariga ko`ra qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Jizzax (51,9 %) va Surxondaryo (47,7 %) viloyatlarida, sanoatning eng yuqori ulushi Navoiy (69,3 %) va Toshkent (47,9 %) viloyatlarida, qurilishning eng yuqori ulushi Toshkentshahrida (10,1 %) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (8,3 %), xizmatlar sohasining eng yuqori ulushi esa Toshkent shahrida (56,4 %) va Farg`ona viloyati  (38,6 %) kuzatildi.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra,  2023- yilning yanvar oyida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 277 tani tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 16 535,8 tonna misdan quvurlar va trubkalar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 142,0 % ni tashkil etdi.

2023-yil 1-fevral holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxonalarining soni 177 011 ta bo‘lib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,3 barobarga oshgan. 

2023-yilning yanvarida mevalar va yongʻoqlar narxlari 2022-yilning dekabriga nisbatan 0,9 % ga oshdi. 2022-yilning mos davridagi koʻrsatkich bilan taqqoslaganda bu 2,2 foiz bandga past boʻldi.

2022- yil yanvar-dekabrida oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 128 489,5 milliard so‘mni tashkil qildi. 

2022- yilda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy faol aholisi soni 15 071,3 ming kishini tashkil etgan.

2022- yilda Navoiy viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 15 686,1 mlrd. so‘mni yoki jami qishloq xo’jaligi mahsuloti hajmining 97,6 % ini tashkil etdi. 

2022-yil yanvar-dekabr oylari yakuniga koʻra, barcha qatnov turlari boʻyicha jami temir yoʻl transportida tashilgan yoʻlovchilarning 14,7 % yoki 1 318,3 ming nafari “Afrosiyob” tezyurar poyezdida tashilgan.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2023-yilning 1-fevral holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni  3 830 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 15,6 foiz ulushini tashkil etdi.

2023-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 barobarga oshgan.

2022- yilda Navoiy viloyatida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 223,9 million AQSH dollarini yoki jami importning 34,5 % ini tashkil etdi.

 2023-yilning yanvar oyida makaronlar narxlari bir oyda 0,1 % ga oshgan.

Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy faol aholisi soni 15 071,3 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslanganda 90,6 ming kishiga ko‘paygan.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Navoiy viloyatida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulush telekommunikatsiya xizmatlari (simli va mobil aloqa xizmatlari, Internet va boshqalar xizmatlari)ga toʻgʻri keldi. Ularning ulushi 96,1 % ni tashkil etdi.