So'nggi yangiliklar

2021- yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatimizda terapevtik ixtisosligi bo‘yicha shifokorlar soni 23,1 ming nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda 3,4 ming nafarga oshganligini ko‘rish mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 72 321 dona “Gentra” avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 192,6 % ni tashkil etdi.

Navoiy viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 6 946,0 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 84,2 % ini tashkil etdi.

2022-yil yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, barcha qatnov turlari boʻyicha jami temir yoʻl transportida tashilgan yoʻlovchilarning 14,2 % yoki 959,1 mingtasi “Afrosiyob” tezyurar poyezdida tashilgan. 

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 86143,1 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 45,3 % ini tashkil etdi.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotiga ko'ra, 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 6 408,6 ming so‘mga yetdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 59 164 dona damas avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 129,6 % ni tashkil etdi.

Navoiy viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida xizmatlar eksporti hajmi 2,2 mln. AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 0,5 % ini tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 22,2 % ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- noyabr holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 97 054 tani tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 3,3 foizga oshgan.

Navoiy viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 3 426,9 milliard so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 78,6 % ini tashkil etdi. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 81 311 dona “Cobalt”  avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 155,0 % ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatimizda feldsherlar soni 21,0 ming nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda 2,1 ming nafarga oshganligini ko‘rish mumkin.

2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, O’zbekiston Respublikasi aholi jon boshiga umumiy daromadlari 12 797,2 ming so‘mni,  real o‘sish sur’ati esa 108,4% ni tashkil etdi.

Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida xorijdan qiymati 25,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 99 756 dona televizor import qilingan.

2022- yil 1- oktabr holatiga viloyatimizda qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 2 416,9 ming boshga yetdi.

   O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 69460,4 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 106,2 % ini tashkil qildi.

Navoiy viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 3 871,4 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, YAIM (YAQQ) tarkibida sanoatning ulushi 28,0 % ni tashkil etgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2018- yilning mos davriga nisbatan 3,0 % ga oshgan.