So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 2,8 ming tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 54,4 % ga oshgan.

2023- yilning 29- mart kuni, Davlat statistika agentligining Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi  boshligʻining o'rinbosari R. Urazbayev Navoiy viloyati statistika boshqarmasi uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘lim boshlig’i A. Amirbekov bilan birgalikda intervyuyerlar tomonidan o’tkazilgan tanlanma kuzatuvlarning qayta nazorat ishlarini olib bordi. 

2023- yil 1 mart holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, MCHJlardan keyin ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan bo‘lib, ularning so‘nggi yillardagi dinamikasi quyidagicha:

Joriy yilning fevral oyida shaxsiy transport vositalarini yuvish boʻyicha xizmatlar narxlari oʻrtacha 1,0 % ga oshdi.

Hududiy statistika bo’lim xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining yangilanayotgan konstitutsiyasi loyihasi mazmun-mohiyatini oʻrganish va joriy yilning 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan Referendumning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy hayotidagi muhum ahamiyatga ega ekanligi, yangilanayotgan Konstitutsiya tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi bo‘layotganligi, inson huquq va erkinliklariga bo‘lgan hurmatning yangi bosqichga ko‘tarilganligi toʻgʻrisida boshqarma yurist konsulti A. Murodov tomonidan batafsil ma'lumotlarberildi.

2023-yil 1-yanvar holatiga umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarning elektrlashtirilgan qismi 1 933,9 kmni tashkil etib, 2017-yil 1-yanvar holatiga (1 353,5 km) nisbatan 580,4 kmga yoki 42,9 %ga oshgan.

2023- yilning 29- mart kuni Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida Navoiy viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 2020- yil 16- martdagi “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-611- sonli Qonunining mazmun-mohiyati hamda amalga oshilayotgan ishlar yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2023- yilning 1- mart holatiga Navoiy viloyatida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 244 tani, shundan qo‘shma korxonalar 140 ta va xorijiy korxonalar 104 tani tashkil etdi.

2023- yilning 1- mart holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 785 ta bo‘lib, jami faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlardaning 2,0 foiz ulushini tashkil etdi.

Qayd etish kerak-ki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy faoliyat turlari ichida yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Joriy yilning 1-mart holatiga viloyatimizda 2019- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 185,9 foizni tashkil etdi.

Joriy yilning fevral oyida oʻtgan yilning fevraliga nisbatan sement narxlari 5,5 % ga oshgan.

2022- yilda kichik tadbirkorlikning eng yuqori ulushlariga ega bo‘lgan tarmoqlari – yo‘lovchi aylanmasida 95,9 % ni, qishloq xo‘jaligida 95,3 % ni, yo‘lovchi tashishda 93,2% ni,chakana savdoda 79,4 % ni, qurlilishda 71,6 % ni tashkil etdi.

Viloyat statistika boshqarmasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar-fevral oylarida hududlar kesimida tashqi savdo aylanmasi hajmi (AQSH dollari): 

Navoiy viloyatida 2023- yil yanvar-fevral oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egalladi va 30,7 % ni tashkil etdi.

2023-yil 1-mart holatiga qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 barobarga oshganligi ma’lum bo‘ldi.

2023-yilning 1-mart holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni  29 200 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlar ulushining 5,9 foizini  tashkil etdi.

Viloyat statistika boshqarmasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar-fevral oylari yakuni bilan viloyatimizning tashqi savdo aylanmasi 171,7 mln. AQSH dollariga yetdi

2022- yil yanvar-dekabr oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 46,6 % ni tashkil etdi.