So'nggi yangiliklar

2023- yil yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyatining tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 738,5 mln. AQSH dollariga yetdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 108,5 % ni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023- yilning yanvar-iyul oylarida viloyat korxonalari tomonidan 55 804,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 105,1 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, Navoiy viloyati boʻyicha qurilishda yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 1 293,6 mlrd. soʻmni tashkil etdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 7,2 % ga oʻsdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 302 dona pritseplar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,1 martaga oshgan.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida 8 944 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etildi. Yangi tashkil etilgan korxonalar soni so‘nggi yillarning mos davrlaridaga nisbatan quyidagicha:

2023-yilning yanvar-iyun oylarida 2 milliondan ortiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

2023- yilning 21- avgust kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda barcha xodimlar ishtirokida 2023- yil 9-avgustdagi O‘RQ-862-son “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-1 moddasiga o‘zgartirish kiritish haqidagi huquqiy targ'ibot tadbiri o‘tkazildi.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-avgust holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 22 299 tani tashkil etib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 152,8 foizni tashkil etdi va shu bilan birga 90,1 foizini (20 092 tani) tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida umumiy foydalanishdagi temir yoʻl orqali joʻnatilgan yuklarning umumiy hajmiga nisbatan katta ulushni turli rudalar (13,2 %), neft yuklari (8,9 %), koʻmir (7,3 %), qurilish yuklari (7,0 %), kimyoviy va mineral oʻgʻitlar (4,7 %) va boshqa yuklar (51,1 %) egallaydi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 038,2 ming dona avtomobil oʻrindiqlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,6 %ga oshgan.

2023-yilning 1-avgust holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 476 701 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan 66 512 tasi xususiy korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyatida jami 3,6 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022-yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 108,3 % ni tashkil etdi.

 Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-avgust holatiga Navoiy viloyatida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 205 tani tashkil etib, 2019-yilning shu davriga nisbatan 30 taga ko‘paygan. Ularning hududlar kesimidagi ko‘rinishi quyidagicha aks etdi:

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 139,1 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 63,4 trln. soʻmni va jami oʻzlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 45,6 %ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasidagi kinoteatrlar soni jami 76 tani tashkil qilib, tashrif buyuruvchilar soni jami 830,5 ming kishini tashkil etdi.

2023- yilning 18-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Presidenti huzuridagi Statistika agentligida “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida Jahon banki vakillari bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Zarafshon shahrida umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi hajmi 31,7 mlrd. so‘mga yetdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Italiyadan Oʻzbekistonga 9 268 nafar turist tashrif buyurgan.