Joriy yilning 21-sentabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi A. Tashnazarov Xatirchi tumaniga borib, hududiy statistika bo’limi mutaxassisi S. Shodmonov tomonidan dehqon bozorida o’tkazilayotgan 12-bozor (oylik) hamda 4 savdo (YATT) tanlanma kuzatuvlarida ishtirok etdi. Kuzatuv davomida chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumini registrator tomonidan planshet qurilmasiga sifatli va aniq kiritilishi bo’yicha ko’rsatma va topshiriqlar berildi.