📌2023-yilning 1-sentabr holatiga Navoiy shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 4 866 tani tashkil etib, 2023- yilning yanvar-avgust oylarida shaharda 481 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni quyidagicha taqsimlangan:
🔸qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasida – 221 ta
🔸sanoat sohasida – 642 ta
🔸qurilish sohasida - 416 ta
🔸savdo sohasida – 1 767 ta
🔸tashish va saqlashda sohasida – 216 ta
🔸yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 275 ta
🔸axborot va aloqa sohasida – 80 ta
🔸sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida – 145 ta
🔸boshqa sohalarda – 1 104 ta