So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 456,0 ming tonna neft qazib olingan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 0,8 % ga oshgan. 

Joriy yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlarning soni 42 298 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlarning 6,3 foizini tashkil etdi. 

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-avgust holatiga Navoiy viloyatida jami 11 397 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyat yuritmoqda. Ular hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

2023- yilning yanvar-iyul oylarida MDH mamlakatlariga 56,2 mln. AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinib, jami eksportning 15,8 % ini tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyati bo'yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 5 339,6 mlrd. so‘mga yetib, 2022- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 106,2 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyatida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 45 556,4 mlrd. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 81,6 % ini tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyatida bo'yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 6 131,5 mlrd. so‘mga yetdi. 

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Tomdi tumanida jami 115,0 mlrd. soʼmlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022-yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 196,7 % ni tashkil etdi.

2023- yilning 1- avgust holatiga Karmana tumanida jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 3 230 tani tashkil etdi va 2023- yilning yanvar-iyul oylarida 384 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

2023-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida sport-taʼlim muassasalari va seksiyalarida sportning shashka turi bilan shugʻullanuvchilar soni jami 3 449 kishini tashkil etgan boʻlsa, shundan ayollar 1 341 nafarni (jamiga nisbatan 38,9 %) tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Navoiy viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 44,3 %ni tashkil etdi. 

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyatida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 2 471 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

2023- yilning 1- avgust holatiga Xatirchi tumanida jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2 689 tani tashkil etdi va 2023- yilning yanvar-iyul oylarida 291 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi .

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyatida chakana savdo tovar aylanmasi 5 739,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, o’sish sur’ati 2022- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 106,5 % ga etdi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Konimex tumanida jami 75,5 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022-yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 161,7 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyati bo’yicha tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 6 580,8  mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 11,8 % ini tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1 870,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 

Navoiy viloyati jahonning 63 ta mamlakatlar bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSA ning nisbatan salmoqli hissasi Fransiyada (32,4 %), Rossiya Federatsiyasida (17,6 %), Xitoy Xalq Respublikasida (12,5 %), Qozogʻistonda (5,3 %) va Latviyada (5,1 %) qayd etilgan.