So'nggi yangiliklar

2023-yilning yanvar-iyul holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 858 ta bo‘lib, jami yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning 1,6 foizini tashkil etdi. 

2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami 397,3 ming nafar chet el fuqarolari dam olish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 122 468 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Roʻyxatga olishni oʻtkazishga maʼlumotlarni yigʻish usulidan kelib chiqib uchta asosiy yondashuv mavjud:

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, Navoiy viloyatida YAHM tarkibida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligining ulushi 11,3 %, sanoat – 71,6 %, qurilish – 3,6 % va xizmatlar sohasi – 13,5 % ni tashkil etdi.

Navoiy viloyati bo‘yicha 2023- yilning yanvar-iyul oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 401,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 108,0 % ni tashkil etdi.

2023- yil yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyatining importi hajmi 381,8 mln. AQSH dollarini va 2022- yilning mos davriga nisbatan 107,6 % ni tashkil etdi.

Viloyat statistika boshqarmasi maʻlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyati boʻyicha koʻrsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 247,4 mlrd. soʻmni tashkil etdi. 

Joriy yilning 23–25- avgust kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi delegatsiyasi Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) Davlatlararo statistika qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan yigʻilishda qatnashdi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyatida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining 22,0 % i  yoki 596,9 mlrd. so‘mi yangi qurilish rekonstruksiya, kengaytirish, texnik qayta qurollantirish bo‘yicha bajarildi.

Navoiy viloyatida  2023- yil yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar bo‘yicha jami 103,0 ming m³ argon ishlab chiqarildi. Argon ishlab chiqarish sanoati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 138,9 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 540 ming dona rezina shinalar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 19,4 % ga oshgan. 2023-yilning iyun oyida yirik korxonalar tomonidan 94,6 ming dona rezina shinalar ishlab chiqarilgan.

 2023-yilning yanvar-iyul oylarida respublikamizda savdo sohasida 20 437 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

 Joriy yilning 26- avgust kuni Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va jinoyat-protsessual kodekslariga kiritilgan qoʼshimcha va o‘zgartishlar boʻyicha huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 402,1 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 9,1 % ga oshgan. 

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-iyul oylarida qurilish sohasidagi yangi tashkil etilgan korxonalar soni 2 966 ta bo‘lib, so‘nggi besh yilning mos davrlarida ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalar soni quyidagicha:

2023- yil yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyati bo'yicha meva va sabzavotlar eksportining qiymat jihatidan eng katta hajmi Xitoy Xalq Respublikasi (44,1 %), Qozog‘iston (37,2 %) va Pokiston (7,0 %) davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyati bo'yicha davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 320,4 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi.