🏢Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga Navoiy viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 356 tani tashkil etib, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida bu sohada 49 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.
Ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar quyidagilardir:
🔸Navoiy shahrida – 15 ta
🔸Zarafshon shahrida – 9 ta
🔸Xatirchi tumanida - 8 ta
🔸Qiziltepa tumanida – 5 ta
🔸Karmana tumanida - 4 ta
🔸Navbahor tumanida – 4 ta
🔸Nurota tumanida -2 ta
🔸Uchquduq, Konimex tumanlarida – 1 tadan