So'nggi yangiliklar

2023- yilning yanvar-mart oylarida temiryoʻl transportida 2 498,4 ming yoʻlovchi joʻnatilgan boʻlib, bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 401,7 ming kishiga koʻpdir (2022-yilning yanvar-mart oylarida 2 096,7 ming yoʻlovchi joʻnatilgan).

2023- yil yanvar-mart oylarida Zarafshon shahrining tashqi savdo aylanmasi  hajmi 1 885,7 ming AQSH dollariga teng bo‘ldi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 79,3 ming tonna asfalt ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 13,9 % ga oshgan. 

2023- yilning yanvar-aprel oylarida 5 179 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etildi. 

2023- yilda Navoiy viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 2 017,3 mlrd. so‘mni yoki jami qishloq xo’jaligi mahsuloti hajmining 96,5 % ini tashkil etdi. 

2022/2023- o‘quv yili boshida nodavlat umumtaʼlim muassasalarida o‘quvchilar soni 45,9 ming  nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2017/2018- o‘quv yilining mos davri bilan taqqoslaganda 5,5 barobarga oshganini ko‘rish mumkin.

2023-yilning aprel oyida mobil telefon uskunalari narxlari mart oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 0,3 % ga qimmatlashgan.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻyicha tashilgan (avtomobil va temir yoʻl transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 2 792,8 ming tonnani tashkil etdi. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 514,4 tonna gilos sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 25,5 %ga oshgan. Oʻzbekistonda 2023-yilning mart oyida yirik korxonalar tomonidan 751,7 tonna gilos sharbati ishlab chiqarildi.

Joriy yilning 12- may kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi o'rinbosari J. Umarov Qiziltepa tumaniga borib, hududiy statistika bo’limi bosh mutaxassisi R. Nurmatov bilan birgalikda “Iste’mol narxlari indeksi” kuzatuvining  xizmatlar guruhi boʻyicha tumanda faoliyat yuritayotgan, hozirda tanlanma kuzatuvga tushgan xizmat koʻrsatish obyektlariga borib narx-navolarni oʻrgandi.

2023- yilning yanvar-aprel oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar jami 31 041 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

2022/2023- o‘quv yili boshiga nodavlat umumtaʼlim muassasalaridagi o‘qituvchilar soni 5,0 ming nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2017/2018- o‘quv yilining mos davri bilan taqqoslaganda 5,6 barobarga oshganini ko‘rish mumkin. 

Joriy yilning 11- may kuni Statistika agentligining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i Abrorali Mamadjanovning 2023- yilning 25-27- aprel kunlari Jeneva (Shveysariya) shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan Milliy hisoblar bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishdagi ishtiroki natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

2023- yilning 1- aprel holatiga respublika boʻyicha jami doimiy aholi soni 36,2 mln. kishini tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 2,2 foizga koʻpaydi.

2023- yil yanvar-mart oylarida Navoiy viloyati bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 1 998,1 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

2023- yil yanvar-mart oylarida temir yoʻl transportida bir kunda oʻrtacha 27,8 ming nafar yoʻlovchilar joʻnatilgan boʻlib, 2022-yilning mos davrida joʻnatilgan yoʻlovchilar soniga nisbatan 4,5 ming nafarga koʻp.

2023- yilning yanvar-mart oylarida hududlar kesimida iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Karmana tumaniga to‘g‘ri kelib, 23,4 %, shuningdek, Navoiy shahri 19,3 %, Xatirchi tumani 14,8 %, Qiziltepa tumani 13,6 % ekanligi kuzatildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi hamda Belarus Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi Ichki savdo va xizmatlar statistika bosh boshqarmasi xodimlari oʻrtasida onlayn seminar tashkil etildi.