So'nggi yangiliklar

2023-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 78 111,2 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida aloqa va axborotlashtirish (123,6 %), ta’lim sohasidagi (122,6 %), moliya (121,1 %) xizmatlarida yuqori o‘sish sur’ati qayd etildi. 

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyati bo’yicha avtotransport vositalari, treyler va yarim tirkamalar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoati hajmi  316,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 73,2 % ni va  jami ishlab chiqariladigan sanoat hajmidagi ulushi 0,7 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Zarafshon shahrining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 606,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 105,9 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 170,2 ming tonna kerosin ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,4 martaga oshgan. 

2023-yil 1-avgust holatiga ko‘ra,  tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni tahlil qilinganda, eng ko‘pi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyati bo’yicha ishlab  chiqaradigan  sanoat  tarkibida  metallurgiya sanoati hajmi 34 261,5 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 5,0 % ga oshdi.

 2023- yilning yanvar-iyul oylarida Nurota tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 251,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Navbahor tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 25 138,1 ming AQSH dollariga yetdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 112,3 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida Fransiyadan Oʻzbekistonga 9 266 nafar fuqaro tashrif buyurgan.

2023- yil 1- avgust holatiga ko‘ra Navoiy viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan 20 092 ta tijorat korxonalarining 11 397 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 784,1 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 18,3 % ga oshgan. 

Joriy yilning 1-avgust holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan sanoat sohasidagi korxonalar soni 108 823 ta bo‘lib, 2019-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 154,3 foizni tashkil etdi. 

Joriy yilning 30- avgust kuni Navoiy shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi 1-sonli yong’in qutqaruv qism xodimlariga “O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 8-avgustdagi Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-860-son Qonuni boʻyicha huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy shahrining tashqi savdo aylanmasi hajmi 473 745,0 ming AQSH dollariga yetdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 130,8 % ni tashkil etdi.

Navoiy viloyatida 2023- yilning yanvar-iyul oylarida me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik  sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlari hajmi 304,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,3 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Xatirchi tumanida jami 314,5 mlrd. soʼmlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022-yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 105,7 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyati boʻyicha suv bilan taʻminlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yigʻish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 36,9 mlrd.soʻmga (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 0,1 % iga) toʻgʻri keldi.