2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, Navoiy viloyatida YAHM hajmi 57 274,8 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 5,2 % ga oʻsgan.
YAHMning oʻsishi hudud iqtisodiyoti tarmoqlaridagi ijobiy oʻsish surʻatlari bilan bogʻliqdir.
Oʻsish surʻatlari qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida 103,6 % ni, sanoatda 105,8 % ni, qurilishda 106,2 % ni va xizmatlarda 103,4 % ni tashkil etgan.