Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga viloyatimizda jami 1 390 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lib, ular 2018-yilning mos davriga (1 047 ta) nisbatan 343 taga ko‘paygan. Bundan tashqari 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida 148 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etildi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalar soni quyidagicha taqsimlangan:
🔸Navoiy shahri – 413 ta
🔸Zarafshon shahri – 113 ta
🔸G‘ozg‘on shahri – 14 ta
🔸Konimex tumani – 35 ta
🔸Qiziltepa tumani – 204 ta
🔸Navbahor tumani – 135 ta
🔸Karmana tumani – 231 ta
🔸Nurota tumani – 97 ta
🔸Tomdi tumani – 34 ta
🔸Uchquduq tumani – 31 ta