So'nggi yangiliklar

2023/2024-oʻquv yili boshiga nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni 293 tani tashkil etgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga, 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan kir yuvish mashinalari soni 96 tani tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 487 tonna osh tuzi ishlab chiqarilgan.

2023-yil yakunlariga koʻra, savdo tarmogʻining yalpi qoʻshilgan qiymati tarkibida eng katta ulush chakana savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ga toʻgʻri keldi va 63,5 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2024-yilning 1-fevral holatiga koʻra, 305 976 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat koʻrsatmoqda.

2024-yilning yanvar oyida, kompyuter va periferik uskunalarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi 81 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning 1-mart holatiga Navoiy viloyatida sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 353 tani tashkil etib, 2024-yilning yanvar-fevral-fevral oylarida bu sohada 6 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi. 

2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi yirik korxonalari tomonidan 93,8 tonna tvorog ishlab chiqarilgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga, 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan konditsionerlar soni 47 tani tashkil etdi.

2023-yil yakunlariga koʻra, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlarining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 1,9 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar oyida xorijga qiymati 17,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 21,9 ming tonna polietilen eksport qilgan.

Oʻzbekistonda 2024-yil 1-fevral holatiga koʻra, jami 415 002 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).

2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura yoʻnalishini 7 918 nafar xotin-qiz bitirgan.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasida 8-mart –Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan boshqarmada faoliyat yuritib kelayotgan barcha ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-fevral holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 19 399 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 19 302 tani tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining taʼlim sohasidagi xizmatlari hajmi 3,5 trln. soʻmni tashkil etdi. 

Joriy yilning 3-6-mart kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida bolalar statistikasi bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishi hamda TransMonEE sessiyasi o‘tkazilmoqda.

2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasida yirik korxonalar tomonidan 2 875,5 tonna olma sharbati  ishlab chiqarilgan.