Joriy yilning 4-iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika bo‘limi tomonidan BMT Iqtisodiy statistiklar tarmog‘ining ma’lumotlar strategiyasi Sprint dasturi doirasida “Ma’lumotlar strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma” mavzusida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu onlayn uchrashuvni BMT Statistika bo‘limi direktori Janob Stefan Shvaynfest kirish so‘zi bilan ochib berdi. Vebinar davomida Kanada, Yangi Zelandiya, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari milliy statistika idoralari mutaxassislari o‘zlarining taqdimotlari bilan qatnashdi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshligʻi Dilshod Zakirov, Ochiq maʼlumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi Akrom Sultanov hamda Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Ulug‘bek Noipov ishtirok etishdi.
Mazkur vebinardan asosiy maqsad ma’lumotlar strategiyasini ishlab chiqish, qo‘llab-quvvatlash hamda ilgʻor tajribalarni qoʻllash boʻyicha ishtirokchilarning texnik imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan.
Shuningdek, vebinarda muvaffaqiyatli ma’lumotlar strategiyasi bilan turli xil jarayonlarda ma’lumotlarni yaxshiroq boshqarish va foydalanish mumkinligi ko‘rib chiqildi.