Joriy yilning 14-iyun kuni Viloyat statistika boshqarmasi hamda Navoiy viloyati IIB YHXB bilan hamkorlikda boshqarma ishchi xodimlari ishtirokida “Yoʻllarda xavfsizlikni ta’minlash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari J. Umarov ochib berdi va boshqarma bosh yuriskonsulti A. Murodov YHXB tizimida yangi qabul qilingan qonun va qonun osti hujjatlari bo’ycha ma’lumotlarni taqdim etdi.
Shundan so’ng YHXB xodimi so‘zga chiqib, yoʻl-harakati qoidalariga amal qilgan holda belgilangan harakatlanish joylaridan, ya’ni piyodalar yoʻlaklaridan oʻtish kerakligi hamda yoʻlaklardan oʻtayotganda uyali aloqa vositalaridan, naushnik va boshqa chalgʻituvchi buyumlardan foydalanish ta’qiqlanishi, foydalanilsa YHX xodimlari tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida aytib oʻtdi.
Muloqot davomida ishtirokchilarga oʻz shaxsiy avtomobillarini boshqarishda ham kamarlarni taqib tezlikni oshirmagan holda oʻz hayotlarini xavfga qoʻymasliklarini tushuntirildi. Tadbir soʻngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis batafsil javob berdi.