So'nggi yangiliklar

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida 4 787,4 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari chet elga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

2023-yil yakunlariga koʻra, qurilish tarmogʻida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 62,6 trln. soʻmni tashkil etgan.

Joriy yilning 26-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Yoshlar kengashi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 3 923,1 tonna apelsin sharbati ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 26–28-yanvar kunlari Yangi Oʻzbekiston Universitetida Open Data Challenge Hakatoni bo‘lib o‘tdi. Ushbu Hakaton IT Park, YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori, Virtual guruh, Statistika agentligi va Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi tomonidan tashkil etildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida jami qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 404 648,6 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,9 % ni tashkil etgan.

Joriy yilning 30-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida 2023-yil yakunlari boʻyicha agentlikning kengaytirilgan Hayʻat yigʻilishi oʻtkazildi.

Xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va mehnat sharoitlarini yaxshilash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash, sog’lom turmush tarzini shakllantirish, xotin-qizlarning ma’naviyatini yuksaltirishda samarali faoliyati uchun Navoiy viloyati statistika boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo’yicha boshlangʻich tashkiloti raisi Xikmatova Feruza Davlatovna Statistika agentligi tomonidan TASHAKKURNOMA va esdalik sovg’asi bilan taqdirlandi.

Respublikamizda 2024-yilning 1-yanvar holatiga jami 69 444 ta sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.

2023-yil yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali 9,7 mln yoʻlovchi tashilgan.

2023-yil yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekistonga 70,4 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida tashrif buyurgan.

2023-yilning yanvar–dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 426 264 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 352,1 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 160,5 trln. soʻmni va jami oʻzlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 45,6 % ini tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 6 481,3 tonna yogurt ishlab chiqarilgan.

2023-yilda yalpi ichki mahsulot oʻsishiga qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi tarmogʻi 1,0 f.p., sanoat tarmogʻi – 1,5 f.p., qurilish tarmogʻi – 0,4 f.p. va xizmat koʻrsatish sohasi – 2,6 f.p. ijobiy hissa qoʻshgan.

2023- yil yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida YAHM hajmi 5,8 % ga o‘sdi va 81 943,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 8 711 tonna dudlangan va yarim dudlangan kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2024-yilning 15-26-yanvar kunlari Avstriyaning Vena shahridagi Birlashgan Vena institutida “Institutsional sektorlar hisobi” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.