So'nggi yangiliklar
08/02/2024 • So'nggi yangiliklar
Respublikamizda 2024-yil 1-yanvar holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokida 14 053 ta korxonalar faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, shundan 4 657 tasi qoʻshma va 9 396 tasi xorijiy korxonalardir.
08/02/2024 • So'nggi yangiliklar
2023-yil yanvar-dekabr oylari davomida O‘zbekistonga 15 129 nafar Belarus Respublikasi fuqarolari tashrif buyurgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida respublikamiz boʻyicha 3 574,1 ming tonna kartoshka yetishtirilgan.
2023-yil yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida YaHM o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 0,3 f.p., sanoat tarmog‘i – 4,6 f.p., qurilish tarmog‘i – 0,3 f.p., xizmat ko‘rsatish tarmog‘i –0,5 f.p. va mahsulotga sof soliqlar – 0,1 f.p. ijobiy hissa qo‘shdi.
08/02/2024 • So'nggi yangiliklar
2023-yil yakunlariga koʻra, qurilish tarmogʻining Oʻzbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 6,2 % ni tashkil etgan.
08/02/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 7-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi xodimlari uchun Tadbirkorlik statistikasiga oid ko‘rsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar mavzusida vebinar tashkil etildi.
08/02/2024 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yangi avtotransport vositalari soni 424 658 donani tashkil etgan.
07/02/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 7-fevral kuni Avstriyaning Vena shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) tomonidan tashkil etilgan "Sanoat statistikasini takomillashtirish, ayrim Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida siyosat bilan bogʻliq tahlil uchun sanoat ishlab chiqarish samaradorligi koʻrsatkichlarini ishlab chiqish" mintaqaviy loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida xalqaro konferensiya ish boshladi.
07/02/2024 • So'nggi yangiliklar
2023-yilda qurilish sohasida 4 859 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilgan.
07/02/2024 • So'nggi yangiliklar
2024-yil 7-fevral kuni Statistika agentligi Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Jaxongir Qambarov Qiziltepa va Xatirchi tumanlari statistika boʻlimiga borib, hududlarda 1-KB shakli “Mikrofirma va kichik korxonaning hisoboti" va 1-FX shakli “Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisi”dagi va boshqa yillik statistika hisobotlar boʻyicha qilinayotgan ishlar holati hamda maʼlumotlarni sifatli tahlil qilingan holda qabul qilinayotganligi oʻrganildi.
07/02/2024 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 661,8 ming dona elektr isitgichlar ishlab chiqarilgan.
Respublikamizda 2024-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, 306 459 ta masʻuliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat koʻrsatmoqda.
07/02/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 7-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2023-yil yakunlari boʻyicha “1 kb”, “1 fx” va “1 mehnat” yillik statistika hisobotlarini taqdim etuvchi tadbirkorlik subyektlari (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqotlar tashkil etildi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida respublikamiz boʻyicha jami 8 426,6 ming tonna don ekinlari yetishtirilgan.
07/02/2024 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 5 176 tonna koʻp qatlamli (sendvich) panellar ishlab chiqarilgan.
Respublikamizda 2024-yilning 1-yanvar holatiga savdo sohasida 158 065 ta korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.
06/02/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 6-fevral kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida Statistika agentligining 2024-yil 1-Fevraldagi 13-son buyrugʻi asosan “Uy xoʻjaliklarida tanlanma kuzatuvlar oʻtkazish boʻyicha intervyuyerlar uchun qoʻllanma ishlab chiqilgan boʻlib, ushbu qoʻllanmani Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari boʻlim xodimlariga tanishtirish maqsadida oʻquv seminar tashkil etildi.
06/02/2024 • So'nggi yangiliklar
2024-yil 6-fevral kuni Statistika agentligi Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Jaxongir Qambarov Konimex va Navbahor tumanlari statistika boʻlimiga borib, hududlarda 1-KB shakli “Mikrofirma va kichik korxonaning hisoboti" va 1-FX shakli “Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisi”dagi va boshqa yillik statistika hisobotlar boʻyicha qilinayotgan ishlar holati hamda maʼlumotlarni sifatli tahlil qilingan holda qabul qilinayotganligi oʻrganildi.
91-sahifa 376 dan