Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyatida jami 2 248 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 727 ta
sanoat sohasida – 402 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 378 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 205 ta
axborot va aloqa sohasida – 81 ta
qurilish sohasida – 85 ta
tashish va saqlash sohasida – 63 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 28 ta
boshqa sohalarda – 279 ta