So'nggi yangiliklar

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida hududlar kesimida iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Karmana tumaniga to‘g‘ri kelib, 18,6 %, shuningdek, Navoiy shahri 16,9 %, Xatirchi tumani 16,5 %, Qiziltepa tumani 15,5 % ekanligi kuzatildi.

2024-yil 1-yanvar holatiga koʻra, viloyatimiz hududlarining doimiy aholisi soni quyidagicha:

Bugun, 9-fevral kuni “Oʻzbekkosmos” agentligida Statistika agentligi rahbariyati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar - dekabr oylarida respublikamiz boʻyicha 1 737,6 ming tonna uzum yetishtirilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 98,7 % ni tashkil qilgan.

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, 16 yoshgacha bolalari mavjud boʻlgan uy xoʻjaliklari 74,4 %ni tashkil etgan.

Joriy yilning 9-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi (O‘zgidromet) va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida  gender tengligiga oid qo‘shimcha koʻrsatkichlarni ishlab chiqish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Navoiy viloyatida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 6 570,8  mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida 28 277 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Joriy yilning 8-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Narxlar statistikasi boʻlimi xodimlari uchun Narxlar statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi  boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar mavzusida vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 9-fevral kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda “Alisher Navoiy Oʻzbek adabiyoti va madaniyati tarixidagi ulugʻ siymolardan biridir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 307,3 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan va jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 87,3 %  ulushini tashkil etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida respublikamiz boʻyicha 11 553,7 ming tonna sabzavot yetishtirilgan.

2023-yil yakunlariga koʻra, xizmatlar sohasining Oʻzbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 43,4 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida 2 209 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Belarus Respublikasiga safarga chiqqan.

Joriy yilning 9-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2023-yil yakunlari boʻyicha “1 kb”, “1 fx” va “1 mehnat” yillik statistika hisobotlarini taqdim etuvchi tadbirkorlik subyektlari (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqotlar tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti hamda Navoiy viloyati Statistika boshqarmasi bilan hamkorlikda yillik statistika hisbotlari boʻyicha oʻquv amaliy seminar tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 59 ming tonna neft koksi ishlab chiqarilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida  2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining koʻrsatilgan xizmatlari hajmi 224 443,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan.