20/09/2024

Joriy yilning 20-sentabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Navoiy innovatsiyalar universitetida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish bo‘lim boshlig‘i Madina Yuldasheva, Navoiy innovatsiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.

Davra suhbatida Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish bo‘lim boshlig‘i Yuldasheva Madina Baxtiyorovna Аholini ro'yxatga olishning maqsadi va asosiy vazifalari, o‘tkazish tamoyillari, tayyorgarlik jarayonlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-sonli qarorning mazmun-mohiyati bo‘yicha taqdimot qildi.

Muloqot yakunida talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga mutaxassis atroflicha javob berib o‘tdi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech