Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga 2024-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, Navoiy viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 342 tani tashkil etib, 2024-yilning yanvar-avgust oylarida bu sohada 28 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.
Ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar quyidagilardir:
Navoiy shahrida – 8 ta
Zarafshon shahrida – 4 ta
Xatirchi tumanida – 4 ta
Uchquduq tumanida – 2 ta
Karmana tumanida – 5 ta
Qiziltepa tumanida – 2 ta