Aholini ro'yxatga olish qanday amalga oshiriladi?
Mazkur jarayon uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchisi, tayyorgarlik bosqichi bo'lib, uch yilga yaqin vaqt davom etadi. Ikkinchisi, asosiy bosqich bo'lib, bunda bevosita aholini ro'yxatga olish amalga oshiriladi, ya'ni aholi to'g'risidagi ma'lumotlar yig'iladi, nazorat tekshiruvi o'tkaziladi va aholini ro'yxatga olish materiallari topshiriladi. Bu taxminan ikki oy muddatni tashkil etadi. So'nggi bosqich qariyb uch yil davom etib, olingan ma'lumotlar kodlashtirish yordamida tahlil qilinib, natijalar e'lon qilinadi.
Ro'yxatga olish jarayonida to'planadigan statistik ma'lumotlar yagona elektron axborotlar tizimiga kiritiladi. Ya'ni bundan bu yog'iga qog'ozbozlikdan voz kechib, zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga e'tibor qaratiladi.
Aholini ro'yxatga olish barobarida yana bir muhim vazifani bajarish ko'zda tutilgan. Bu — hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning ro'yxatini tuzish bilan bog'liq masala.
Turar va noturar joylarning aniq soni, holati, foydalanilmay yotgan yoki muddatini o'tab bo'lgan binolarni belgilab olish bilan tegishli hududlarda uy-joy, sanoat ob'ektlarni qurish va ta'mirlash masalalariga oydinlik kiritish mumkin bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda, respublikaning yangi mukammal kadastr xaritasi yaratiladi.
Ochiq muloqat jarayonida Yanagiyo’l MFY faollari va 22- umumiy o’rta ta’lim maktabida ishchi xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi hamda mutaxassis tomonidan barcha savollarga to‘liq javob berildi.
Axborot xizmati