Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–avgust oylari davomida respublikamizda jami 58 502 ta korxona-tashkilotlar tashkil etilgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz).
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 foizga oshgan.
Ular hududlar kesimida quyidagicha:
Toshkent shahri – 12 796 ta;
Toshkent viloyati – 5 788 ta;
Xorazm viloyati – 5 251 ta;
Farg‘ona viloyati – 4 814 ta;
Samarqand viloyati – 4 429 ta;
Qashqadaryo viloyati – 3 654 ta;
Surxondaryo viloyati – 3 395 ta;
Buxoro viloyati – 3 268 ta;
Andijon viloyati – 3 166 ta;
Namangan viloyati – 3 044 ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2 684 ta;
Jizzax viloyati – 2 483 ta;
Navoiy viloyati – 2 246 ta;
Sirdaryo viloyati – 1 484 ta.