Joriy yilning 19-sentabr kuni “Navoiyazot” AJ OYoXТТЕV korxonasida huquqiy targ‘ibot va tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda Navoiy viloyati statistika boshqarmasining bosh yuristi A. Murodov hamda viloyat IIB JQB tezkor vakili A. Usarov ishtirok etdi.
Tadbir davomida korxonaning yong‘in o‘chirish qismi xodimlariga O'zbekiston Respublikasining 1016-sonli va 419-sonli qonunlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi. Bunday targ‘ibot-tashviqot ishlari huquqiy bilimlarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.