Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-avgust oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 628,7 trln so‘mga yetgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 123 trln so‘mga yoki 13,7 % ga oshgan.
2025-yilning yanvar-avgust oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 16,7 mln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,5 % ga oshgan.
2025-yilning tahlil qilinayotgan davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 344,9 trln so‘mni yoki bozor xizmatlari umumiy hajmining 54,9 % ini tashkil etdi.