Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 37,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 306,6 ming dona kir yuvish mashina import qilingan.
O‘zbekistonga 2025-yilning 7 oyida eng ko‘p kir yuvish mashina import qilgan davlatlar:
— Xitoy – 255 ming dona;
— Qozog‘iston – 33,3 ming dona;
— Qirg‘iz Respublikasi – 7,7 ming dona;
— Rossiya – 5,3 ming dona;
— Turkiya – 2,4 ming dona;
— Hindiston – 1,6 ming dona;
— Boshqa davlatlar – 1,3 ming dona.