26/09/2025

2025-yil 26-sentabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida Navoiy shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan xodimlar uchun “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi oyligi doirasida seminar tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish qoidalari tushuntirildi.

 Seminarda, shuningdek, 2009-yil 30-sentabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-226-sonli Qonuni mazmun-mohiyati, unda belgilangan fuqarolar va tashkilotlarning majburiyatlari hamda yong‘in xavfsizligiga oid normalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va yong‘in xavfsizligi borasida foydali ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech