23/11/2023

Samarali muloqot strategiyasi, shuningdek, keng qamrovli reklama va axborot kampaniyalari muvaffaqiyatli roʻyxatga olishni taʼminlashda muhim rol oʻynaydi. Bu ayniqsa, aholi roʻyxatga olish jarayonida respondentlar yoki maʼlumot yigʻuvchi va maʼlumotlarni qayta ishlovchi shugʻullanadigan vaqtinchalik xodimlar sifatida ishtirok etishi nazarda tutilgan roʻyxatga olishda soʻrov usulidan qisman yoki toʻliq foydalanadigan mamlakatlar uchun juda dolzarb. Biroq, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar minimallashtirilishi mumkin boʻlgan roʻyxatga olish usullariga rioya qilgan mamlakatlarda ham, asosiy manfaatdor tomonlar bilan muloqot, shu bilan birga, roʻyxatga olish natijalarining dolzarbligi va mavjudligi kabi tarkibiy qismlarga nisbatan maqbul sifat darajasini taʼminlash uchun muhim rol oʻynaydi.

Roʻyxatga olishni oʻtkazish bosqichida reklama va axborot kampaniyalari aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida xabardor qilish, shuningdek, aholini roʻyxatga olishda ishtirok etishni taʼminlash va ragʻbatlantirishga qaratilgan zarur maʼlumotlarni taqdim etish uchun zarurdir.

Odatda, aholini roʻyxatga olish jarayonida barqaror ishtirok etish koʻrsatkichini taʼminlash maqsadida mamlakat boʻylab yetib borish qiyin boʻlgan aholi guruhlari aniqlashga va ular bilan maqsadli ishlashga alohida eʼtibor qaratiladi. Aslida, bunday kampaniyalarning maqsadlari aholini hamkorlikka jalb qilish, uni xabardor qilish, shuningdek, aholini roʻyxatga olishda ishtirok etishga ragʻbatlantirish va (agar kerak boʻlsa) majburlashdir.

Soʻnggi yillarda aholidan axborot yigʻish bilan bogʻliq qiyinchiliklar tufayli aholini kelgusi roʻyxatga olish va uning maqsad va vazifalarini tushuntirish masalalari boʻyicha samarali xabardor qilish masalasi soʻrov usulini toʻliq (anʼanaviy roʻyxatga olish doirasida boʻlgani kabi) yoki qisman (birlashtirilgan roʻyxatga olishning tarkibiy qismi sifatida) qoʻllaydigan mamlakatlarda roʻyxatga olish va ishonchli maʼlumotlarni toʻplashning keng qamrovini taʼminlash nuqtayi nazaridan tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bunday reklama kampaniyasining asosiy vazifasi jamiyatning holatini aniqlash uchun yaqinlashib kelayotgan roʻyxatga olishning ahamiyatini, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini va ijtimoiy, mintaqaviy va umummilliy demografik oʻzgarishlarni tahlil qilishni tushuntirish hisoblanadi. Roʻyxatga olish nafaqat mamlakat uchun, balki global miqyosda ham muhim madaniy va tarixiy ahamiyatga ega. Bunday kampaniya roʻyxatga olish mamlakatning rasmiy statistika dasturining ajralmas qismi ekanligini taʼkidlashi kerak.

Asosiy amaliy maqsad – jamiyatning roʻyxatga olishga ijobiy munosabatini shakllantirish, mamlakat fuqarolarini unda ishtirok etishga va oʻzlari haqida ishonchli maʼlumot berishga undash boʻlib, ayniqsa joylarda anʼanaviy tarzda roʻyxatga olish bilan bogʻliq. Shu bilan birga, samarali axborot va reklama kampaniyasi yanada kengroq maqsadlarni qamrab olishi kerak, bu esa qulaylik uchun quyidagi komponentlar shaklida ifodalanishi mumkin:

  1. a) jalb etish: roʻyxatga olish toʻgʻrisida xabardorligini oshirish;
  2. b) taʼlim: roʻyxatga olishdan (respondentlar va mamlakat uchun) olingan foyda haqida xabardor qilish;
  3. v) tushuntirish: odamlarga nima va qachon amalga oshirilishi haqida maʼlumot berish;
  4. g) ragʻbatlantiruvchi: roʻyxatga olish jarayonida hali ishtirok etmagan shaxslarni roʻyxatga olishda ishtirok etishga koʻndirish;
  5. d) qonunga rioya qilishni taʼminlash: agar fuqarolarga bir necha marta soʻrovda ishtirok etishdan rad etishgan boʻlsa, ularning qonunga kiritilgan majburiyatlari va roʻyxatga olishda ishtirok etish majburiyatini eslatish;
  6. ye) ishtirok etish uchun minnatdorchilik ifodasi;
  7. yo) nashr etilgan natijalardan keng foydalanishni ragʻbatlantirish maqsadida olingan maʼlumotlarning qiymati haqida xabardor qilish.

Aholini, roʻyxatga olish qachon va qanday amalga oshirilishi haqida, ulardan kutilgan maʼlumotlar va roʻyxatga olish toʻgʻrisida zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotni qanday olish mumkinligi haqida xabardor qilish kerak.

Roʻyxatga olishning ushbu jihatlarini tushunish maʼlumotlar yigʻishning samarali amalga oshirilishiga yordam beradi. Maʼlumotlarni toʻplashdan oldin, amalga oshirish va undan keyin axborot va reklama kampaniyasini oʻtkazish jarayoni toʻgʻrisidagi quyida batafsil tavsiflanadi.

Roʻyxatga olish muvaffaqiyatining kaliti, joylarda keng koʻlamli maʼlumotlar yigʻish amalga oshirilayotgan mamlakatlarda jamoatchilik tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi va hamkorligidir. Aholiga roʻyxatga olish va uning maqsadlarini tushuntirish uchun keng miqyosli reklama va axborot kampaniyasini oʻtkazish tavsiya etiladi. Reklama kampaniyasi jamoatchilik bilan aloqalar, reklama va sotsiologiya sohasidagi mutaxassislar tomonidan amalga oshirilganda eng yaxshi samarani berishi mumkin.

Reklama tadbirlari dasturi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  1. a) jamoatchilikni xabardor qilish kampaniyasi;
  2. b) jamoalar bilan aloqa dasturi (yoki jamoalarni xabardor qilish);
  3. v) reklama kampaniyasi;
  4. g) jamoatchilik fikrini monitoring qilish; va
  5. d) ommaviy axborot vositalari bilan aloqa qilish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarini monitoring qilish axborot.

Maʼlumot yigʻishdan oldingi bosqichdagi kampaniya dasturning asosiy qismi va aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olish muvaffaqiyati, shuningdek, olingan maʼlumotlar sifatiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatuvchi omil boʻlib hisoblanadi. Yana bir muhim boshlangʻich vazifa – roʻyxatga olish va reklama kampaniyasining maqsadli auditoriyalari doirasida maʼlumotlarni toʻplashning oʻziga xos masalalarini aniqlashdir.

Roʻyxatga olishning asosiy masalalari aholining demografik, iqtisodiy, etnik, til va diniy xususiyatlarini inobatga olingan holda har bir mamlakatda mavjud vaziyatni tahlil qilish asosida aniqlanishi kerak. Fuqarolarning muammolarini aniq maqsadli auditoriyalarni aniqlash, shuningdek, ushbu guruhlarni roʻyxatga olish toʻgʻrisida samarali xabardor qilish va roʻyxatga olish bilan bogʻliq ijobiy munosabatlarni ragʻbatlantirish uchun tegishli amaliyot usullarini tanlash kerak.

Roʻyxatga olish kampaniyasiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan turli xil muammolar mavjud va ularni aniqlash roʻyxatga olish kampaniyasining muhim qismidir. Misol sifatida quyidagilar keltirish mumkin:

  1. a) taqdim etilgan maʼlumotlarning himoyasi va maxfiyligi;
  2. b) taqdim etilgan maʼlumotlar toʻgʻri maqsadlar uchun ishlatilishi;
  3. v) roʻyxatga olish xarajatlari;
  4. g) roʻyxatga olish maʼlumotlaridan statistik boʻlmagan maqsadlari uchun foydalanish;
  5. d) respondentning ismi va manzilning roʻyxatga olish varaqasida koʻrsatilishi lozimligi boʻyicha talab; va
  6. ye) hukumatning shaxsiy hayotga potensial aralashuvidan qoʻrqish.

Roʻyxatga olish organlarining roʻyxatga olish samaradorligini maksimal darajada oshirish maqsadida jamoatchilik eʼtiboriga yetkazilishi kerak boʻlgan bir qator asosiy xabarlar mavjud. Ular orasida, xususan:

  1. a) roʻyxatga olish jarayonida shaxsiy hayotga aralashuvni va maxfiylikni muhofaza qilish taʼminlanadi (roʻyxatga oluvchi va boshqa xodimlar uchun axborotni ruxsatsiz ishlatganligi uchun jarimalarni, axborot maʼmuriy maqsadlarda foydalanmasligini, har qanday nashr etilgan maʼlumot asosida shaxslarni identifikatsiya qilish amalga oshirilmasligini belgilash);
  2. b) roʻyxatga olish – kelajakdagi jamoat ishlarni rejalashtirish uchun muhim maʼlumot manbai sifatida foydalanish;
  3. v) roʻyxatga olish varaqasini toʻldirish fuqarolik burchidir, negaki bu maʼlumot mamlakat va jamiyat uchun zarurdir;
  4. g) roʻyxatga olishda ishtirok etish majburiydir.

Bu turli xabarlar oʻrtasida toʻgʻri muvozanatni topish uchun ehtiyotkorlik bilan harakat qilish kerak. Misol uchun, roʻyxatga olishning umumiy foyda xususiyatiga emas, balki  majburiy xususiyatiga alohida eʼtibor berish, roʻyxatga olish davlat tomonidan aholiga nisbatan qoʻllanilganligi sababli unga nisbatan salbiy munosabat kuchayishiga olib kelishi mumkin.

 Koʻpgina mamlakatlar roʻyxatga olish “belgisini”ni, jumladan, uning logotipi va shiorini muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda. Barcha milliy va mahalliy targʻibot tadbirlari va barcha ommaviy axborot vositalarida, bukletlarda, plakatlarda, broshyuralarda va yodgorliklarda oddiy, ammo samarali shior va grafik belgilar ishlatilishi mumkin. Shior va logotip osongina esda qolishi va aholi tomonidan ijobiy qabul qilinishi kerak. Reklama kampaniyasining boshidan osongina tanib olish mumkin boʻlgan logotip va/yoki shior, roʻyxatga olish ramzlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Muammo, respondentning roʻyxatga olishning keng qamrovli va foydali faoliyat ekanligiga ishonchini oshirishdan iborat.

BMT YEIK mintaqasida 2010-yilgi raundi roʻyxatga olish davrida ishlatilgan shiorlar misollari orasida quyidagilarni qayd etish mumkin:

  1. a) “Kelajak hozir boshlanadi” (Italiya)
  2. b) “Har bir kishi hisobda!” (Estoniya)
  3. v) “Biz sizga ishonamiz” (Lyuksemburg va Portugaliya)
  4. g) “Ertangi kunni shakllantirishga yordam bering” (Birlashgan Qirollik).
Tugmani bosing Tinglash GSpeech