Joriy yilning 10-noyabr kuni Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida Viloyat statistika boshqarmasi tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish doirasida hududiy mahalla raislari uchun nazariy va amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarning asosiy maqsadi — 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan ro‘yxatga olish jarayonini sifatli tashkil etish, mahalla raislarining amaliy ko‘nikma va bilimlarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida ro‘yxatga olishning huquqiy asoslari va tashkiliy mexanizmlari, aholi bilan muloqot qilish tartibi, axborot texnologiyalaridan foydalanish qoidalari batafsil yoritib berildi.


Mazkur tayyorgarlik ishlari kelgusida o‘tkaziladigan ro‘yxatga olish jarayonining sifatli, tizimli va samarali o‘tishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ushbu jarayonda mahalla raislarining faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi.




