11/11/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvar — 28-fevral kunlari mamlakat bo‘ylab “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbiri o‘tkazilishi belgilangan.

Ushbu jarayonga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Navoiy viloyati statistika boshqarmasi hamda Navbahor tuman statistika bo‘limi tomonidan mahalla hokim yordamchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminar davomida farmonning mazmun-mohiyati, ro‘yxatga olish jarayoni bosqichlari, elektron savolnomalar bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar, va axborot xavfsizligi masalalari bo’yicha atroflicha ma’lumotlar berildi.

Ushbu o‘quv-seminarlar ro‘yxatga olish jarayonini samarali va izchil tashkil etish, uni xalqaro standartlar asosida amalga oshirishga yordam beradi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech